“Farg‘onaazot” AJ ning 2021-yil 17-iyundagi 922-son buyruq bilan tasdiqlangan “Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish siyosati” talablari asosida korrupsion omillarni oldini olish va bartaraf etish maksadida jamiyat boshqaruv a’zolari hamda xizmat vazifasiga ko‘ra korrupsion xavf-xatarlar extimoli yuqori bo‘lgan xodimlar tomonidan har yili deklaratsiya to‘ldirilishi ko‘rsatib o‘tilgan.
Ushbu me’yoriy ichki hujjat talablariga muvofiq korxonaning jami 210 nafar mas’ul xodimlari tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi deklaratsiyasi to‘ldirildi.
Ta’kidlab o‘tish joizki, xodimlar deklaratsiya to‘ldirish jarayonida biron-bir tashkilotda moliyaviy manfaatdorligi borligini, shu jumladan, ustav kapitalida ishtirok etishi, tashkiliy-huquqiy va mulkiy shaklidan kat’iy nazar moddiy yoki nomoddiy naf olayotganligini kursatishi lozim.
To‘ldirilgan deklaratsiyalar tahlil qilinganda korxona sexlarida 4 nafar mas’ul xodimlarda “haqiqiy manfaatlar to‘qnashuvi”, 6 nafarida esa “extimoliy manfaatlar to‘qnashuvi” mavjud ekanligi aniklandi. Ushbu xolatlarni bartaraf etish maksadida “haqiqiy manfaatlar to‘qnashuvi” mavjud xodimlar yakin karindoshlari O‘zbekiston Respublikasi Mexnat kodeksi 129 moddasi talablari asosida bir-biriga bo‘ysunmaydigan lavozimlarga o‘tkazildi. Shuningdek, “extimoliy manfaatlar to‘qnashuvi” aniqlangan xodimlar bilan jamiyatning “Korrupsiyaga karshi Siyosati”, “Manfaatlar to‘qnashuvi” hamda “Axlok kodeksi” talablari bo‘yicha profilaktik-tushuntirish ishlari amalga oshirildi.
Korxonada “Manfaatlar to‘qnashuvi” talablari bo‘yicha profilaktik-tushuntirish ishlari davom ettirilmokda.
“Farg‘onaazot” AJ boshqaruvi raisi D.E. Mannonov