Ру O`z En

FIDOKORLIK UCHUN MUKOFOT

Koronavirus pandemiyasi butun dunyodagi odamlarning turmush tarzini o'zgartirdi. Hozirgi kunda dunyodagi deyarli barcha mamlakatlar ko'rinmas dushmanga qarshi kurashmoqda. Mamlakatimizda aholi orasida koronavirusning tarqalishini oldini olish bo'yicha barcha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Korxonamizga kelsak, biz koronavirus infektsiyasining ishchilar orasida tarqalishini oldini olish bo'yicha samarali ishlar olib bordik va davom ettirmoqdamiz.

Korxona birinchi navbatda xodimlarni bepul tibbiy niqoblar va dezinfektsiyalovchi vositalar bilan ta'minladi. Bundan tashqari, har bir ishlab chiqarish sexida har bir bo'limda ishchilar va xodimlar koronavirus infektsiyasi va kasallikning oqibatlari, shuningdek, profilaktika to'g'risida tushuntirish ishlari olib borildi. Korxonada temir intizom o'rnatilgan bo'lib, yuqori mas'uliyat tuyg'usini shakllantirishga jiddiy e'tibor qaratilmoqda. Korxona hududi, ish joylari, ovqatlanish xonalari, ko'chalar, avtomobillar  doimiy ravishda korxonada ishlab chiqarilgan gipoxloritning suyuq 0,5 foizli eritmasi bilan dezinfektsiya qilinmoqda. Korxona hududiga kirishda qat'iy tartib o'rnatilgan. Ish joylari to'liq issiqlik o’lchagichlar va boshqa tibbiy vositalari bilan jihozlangan, shifokorlar va boshqa mas'ul xodimlar navbatchiliklari tashkil etilgan. O'tish joylarida yuqori tana haroratiga ega bo'lgan xodimlarni izolyatsiya qilish uchun maxsus izolyator honalari joylashtirildi.

Ishchilarning ish joyiga kelishi va ishdan qaytishi uchun 21 dona avtobus har kuni 60 ta yo’nalishlarda xarakatlanmoqda. Avtobuslar sanitariya-gigiyena normalari talablariga muvofiq jihozlangan, haydovchilar shaxsiy himoya vositalari bilan to'liq ta'minlangan. Transport vositalarini zararsizlantirish choralari ko'rildi. Ushbu ishlar ma'muriyat rahbarligida, korxonaning nazorat organlari va tibbiyot xodimlarining sa'y-harakatlari bilan amalga oshirilmoqda.

Ta'kidlash joizki, ishchi-xodimlar orasida koronavirus tarqalishini oldini olish bo’yicha amalga oshirilgan ishlarga bir qator yosh ishchi-xodimlar munosib hissa qo’shdilar.  Korxona Yoshlar Ittifoqi va Kasaba uyushma qo'mitasi koronavirus infektsiyasining tarqalishini bartaraf etishga qaratilgan kurashda fidoyilik ko'rsatgan yosh mutaxassislarni e'tiborsiz qoldirmadi. "Farg'onaazot" AJ koronavirus infektsiyasining tarqalishini oldini olish, korxonaning sanitariya-epidemiologiya farovonligini ta'minlashga munosib hissa qo'shgani uchun DSD sexi hamshirasi Rustam Mamirzoda, Qutqaruv otryadi qutqaruvchisi Jamshid Abdullayev, Xavfsizlik texnikasi bo'limi yetakchi muhandisi Ahlier Nabiyev, HSB mutaxassisi Muxammadsoli Saidakbarov, Sanoat xavfsizligi bo'yicha yetakchi mutaxassis Fazliddin Sotiboldiyev qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.

Sarvar Abdukarimov

Yoshlar Ittifoqi “Farg'onaazot” AJ Kengashi a’zosi

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech