Ру O`z En

11-noyabr “Kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan tashkil etilgan sport tadbirlari g‘oliblari munosib taqdirlandilar

Avval xabar berib o‘tilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020-yil 23-noyabr kuni imzolangan Qonunga asosan “11-noyabr - O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” etib belgilangan bo‘lib, bugungi kunda korxonamizda ushbu muhim sana munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirlar o‘z nihoyasiga yetdi va “Kasaba uyushmasi kubogi” musobaqalari g‘oliblarining taqdirlash marosimi tashkil etildi.

     Unda erkaklar o‘rtasida mini-futbol g‘oliblari “Zavod boshqarmasi”, ikkinchi o‘rinni egallagan “Mexanikaviy ta’mirlash sexi”, uchinchi o‘rinni egallagan “Soda sexi” jamoalari hamda ayollar o‘rtasidagi voleybol bo‘yicha ketma-ket 1-o‘rinni zabt etgan “Xo‘jalik sexi” jamoasi, ikkinchi o‘rinni egallagan  NO‘A va A sexi jamoasi va uchinchi o‘rin sohibalariga “Soda sexi” jamoalari korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.

 

“Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech