Ру O`z En

“11-NOYABR – KASABA UYUSHMALARI KUNI” MUNOSABATI BILAN TURLI XIL SPORT MUSOBAQALARI O‘TKAZILMOQDA

Korxonamizda “11 noyabr – Kasaba uyushmalari kuni” bayrami munosabati bilan “Farg‘onaazot” AJ yoshlar ittifoqi va kasaba uyushma qo‘mitasi hamkorligida tashkil etilgan sport musobaqalariga start berildi. Ushbu sport tadbirini joriy yilning 1-noyabr kuni stol tennisi bo‘yicha musobaqasi boshlab berdi. Stol tennisida korxonaning tarkibiy bo‘linmalarida faoliyat yuritayotgan 18 nafar yosh xodim ishtirok etdi.

Stol tennisi bo‘yicha sport musobaqasining natijalari quyidagicha:

1 - o‘rinni Elektr ta’minoti sexi, uchastka ustasi Qosimov Izzatulloh egalladi

2 - o‘rinni NO‘A va A sexi chilangar-montajchisi Valixonov Ikromxon egalladi

va faxrli 3 - o‘rinni Mexanika ta’mirlash sexi chilangar-ta’mirlovchisi Shirmatov Botirjonga nasib etdi.

Jamiyatimizda “11-noyabr – Kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan badiy-ommaviy, madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari 10-noyabrga qadar davom etadi. Korxonaning kasaba uyushmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirlarda faol ishtirok etib, faxrli o‘rinlar egallagan xodimlarni taqdirlash marosimi 10-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. 

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech