Ру O`z En

5 IYUN – BUTUNJAHON ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH KUNI: KORXONADA KENG QAMROVLI EKO-TADBIRLAR O‘TKAZILMOQDA

Har yili 5-iyun sanasida nishonlanadigan Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni munosabati bilan korxonada ekologik madaniyatni yuksaltirish, xodimlarning mas’uliyatini oshirish hamda ishlab chiqarishning tabiatga salbiy ta’sirini kamaytirishga qaratilgan keng ko‘lamli tashabbuslar amalga oshirilmoqda.

Bugun korxonaning Mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi, atrof-muhitni muhofaza qilish va xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi boshqarmasi tomonidan, jamiyat Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda, “Biz tabiatga befarq emasmiz, u bilan hamnafasmiz” shiori ostida eko-aksiya tashkil etildi.

Ushbu aksiya doirasida korxona hududi va unga tutash joylarda ko‘kalamzorlashtirish ishlari, shuningdek, ichki va tashqi ishlab chiqarish infratuzilmasining holatini yaxshilashga qaratilgan kompleks tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Ta’kidlash joizki, ushbu sana butun jamoaga tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish zarurligini, barqaror ekologik amaliyotlarni kundalik ishlab chiqarish faoliyatiga integratsiya qilish muhimligini yana bir bor eslatadi.

 

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech