Ру O`z En

KONSTITUTSIYAMIZNING 31 YILLIGI BAYRAM TANTANASI

Mamlakatimiz bo‘ylab “Konstitutsiya - xalqchillik davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi” shiori ostida o‘tkazilayotgan    Bosh Qomusimizning 31 yilligi “Farg‘onaazot” AJda katta tantana qilib nishonlandi.

Bayram dasturini korxona boshqaruvi raisi Dilshod Mannonov hamda Bosh moliyaviy direktor Mr. Shaliesh Deokumar o‘zlarining O‘zbekiston xalqiga va jamiyat xodimlariga yo‘llagan tabriklari bilan ochib berdilar. So‘ng, korxonada Konstitutsiyamiz bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan “Zakovat Quiz” intellektual o‘yini hamda “Biz bir bo‘lsak-yagona kuchmiz, birlashsak - Vatanmiz” shiori ostida jamiyat tarkibiy bo‘linmalarida o‘tkazilgan “Ma’naviyat” marafonining  “Ma’naviyat bo‘yicha yetakchi sex” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari korxona rahbariyati tomonidan pul mukofotlari, diplomlar va sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

    “Ma’naviyat bo‘yicha yetakchi sex” ko‘rik-tanlovi natijalariga ko‘ra, 1- o‘rin   Jihozlarni markazlashtirilgan ta’mirlash sexiga, 2- o‘rin Mochevina ishlab chiqarish sexiga va 3- o‘rin Mexanik ta’mirlash sexiga nasib etdi.

    Bayram kechasini O‘zbekiston Davlat filarmoniyasi Farg‘ona hududiy bo‘linmasining xushovoz xonandalari qo‘shiqlari, raqs ansambllarining bir biridan go‘zal raqslari hamda so‘z ustasi va qiziqchi Abdurahmon Siddiqovning hazil-mutoyibalari bezadi.  Farg‘ona Politexika talabalarining “A’lo kayfiyat” QVZ guruhi chiqishlari barchaga bayramona ruh bag‘ishladi.

      Hurmatli vatandoshlar, “Farg‘onaazot” AJ ma’muriyati barcha xalqimizni, korxonamiz ishchi-xodimlarini  -  Konstitutsiyamizning 31 yilligi bilan muborakbod etadi! Sizlarga sihat -salomatlik, baxt-saodat, oilalarga farovonlik va O‘zbekistonimizga tinchlik, barqarorlik tilab qoladi!

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech