Ру O`z En

8-MART XOTIN-QIZLAR BAYRAMI MUNOSABATI BILAN KORXONA AYOLLARI UCHUN BAYRAM DASTURXONI YOZILDI

“Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati 8-mart bayrami munosabati bilan o‘zining xodimalari uchun har yili bayram dasturi tashkil etadi. Joriy yil ham bundan mustasno bo‘lgani yo‘q...

   Bayram kechasiga jamiyatning 100 dan ortiq ayollari taklif etildi. Kechani korxona rahbariyati o‘zining tabrik so‘zi bilan ochib berdi va ma’muriyat tomonidan 12 nafar faol ishchi-xodimlar uchun tayyorlangan qimmatbaho sovg‘alarni o‘z egalariga topshirdi. So‘ng bayram kechasi boshlab yuborildi.

   Korxona ayol va qizlariga O‘zbekiston Davlat filarmoniyasi Farg‘ona viloyat bo‘linmasining xushovoz xonandalari va go‘zal raqqosalari o‘zlarining chiqishlarini namoyish etdilar. Shuningdek, korxona bo‘ylab o‘tkazilgan “San’atim saodatim” ijodiy tanlovi qo‘shiq yo‘nalishi 1-o‘rin sohibi Qutqaruv otryadi ishchisi Mirzohid Axmedov kuy-qo‘shiqlarini ijro etdi.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech