Ру O`z En

9-aprel – Amir Temur tavallud topgan kun munosabati bilan korxona yoshlari o'rtasida "Amir Temur viktorinasi" o'tkazildi

Bu yil, buyuk davlat arbobi o‘rta asrlar islohotchisi, sarkarda, adolat uchun tolmas kurashchi, sohibqiron Amir Temur tavalludiga 687 yil to‘ldi.

Temur bobomizning milliy davlatchilik, ilm-fan, madaniyat, bunyodkorlik, harbiy, jangovar va boshqa sohalardagi ulkan merosi biz yoshlar uchun katta maktab vazifasini o'taydi.

Qancha asrlar va qancha avlodlar dovoni o'tgan bo'lsada, bobomiz yodi har doim qalbimizda yashab kelmoqda.

Shu munosabat bilan korxonada onlayn tarzda 20 ta savoldan iborat viktorina o'tkazildi, viktorinada 60 dan ziyod ishchi-xodimlar ishtirok etdi.

Savollar yakuni bo'yicha faxrli III-o'rin Nuriddin Aminjonovga nasib etdi;
Faxrli II-o'rin Egamberdiyeva Ziyodaxonga nasib etdi;
Faxrli I-o'rin Iqboljon Soibjonov va Sherzodxon Jamolovlarga nasib etdi.

G'olib va sovrindorlar kitoblar bilan taqdirlandilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech