Ру O`z En

“9 MAY–XOTIRA VA QADRLASH KUNI” BAYRAMI MUNOSABATI BILAN “2 AVLOD UCHRASHUVI” TASHKIL ETILDI

Korxonada 9 may - Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan bir qator tadbirlar tashkil etildi. Ulardan biri korxona faxriylari va yoshlari uchun joriy etilgan “2 avlod uchrashuvi” bo‘ldi.

  Bayram tadbirida jasorat ko‘rsatgan, front ortida fidokorona mehnat qilgan va bugun oramizda sog‘-omon yurgan jamiyatimiz faxriylari o‘z kechinmalarini korxonamiz yoshlari bilan baham ko‘rishdi, suhbatlar qurishdi. O‘z o‘rnida, korxonamiz tomonidan faxriylarga chuqur ehtirom va ezgu tilaklar izhor etildi. 

So‘ng, 43 nafar korxona faxriylari e’tirof etilib, ular uchun bayram dasturxoni yozildi. Shuningdek, faxriylarga qimmatbaho sovg‘alar ulashildi. 

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech