Ру O`z En

AJDODLAR RUHI MANGU BARHAYOT!

Mazkur shior ostida bugun, 8-aprel kuni jamiyatning majlislar zalida Amir Temur tavalludining 688 yilligiga bag‘ishlangan Sohibqironning hayot yo‘li hamda jangu jadallari jamiyat faol xodimlari ishtirokida spektakl ko‘rinishida namoyish etildi.

Spektaklda Amir Temurning shaxsi va qiziqishlari qisqacha ko‘rsatib berildi. Shuningdek, Boyazid Yildirimga qilingan yurish tavsilotlari, g‘alaba va sulh tuzish jarayoni sahnalashtirildi.

Sahna ko‘rinishi yakunida Amir Timur to‘g‘risida qiziqarli viktorina  o‘tkazildi. Viktorinada ko‘p savollarga to‘g‘ri javoblar bergan xodimlarga korxona Yoshlar ittifoqi Kengashi tomonidan kitoblar to‘plami taqdim etildi.

 

 “Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech