Ру O`z En

Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Bugun, 9 - fevral kuni korxonaning tarkibiy bo‘linma rahbarlari, ishchi-xodimlari hamda viloyatimizda faoliyat yuritayotgan navoiyshunos olim va san’atkorlar ishtirokida so’z mulkining sultoni, buyuk tafakkur - Alisher Navoiy bobomiz tavalludi keng nishonlandi.

Farg‘ona davlat universiteti filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Nizomidin Quldashev o‘zining ma’ruzasida Alisher Navoiyning hayot va ijodi, davlat arbobi sifatida amalga oshirgan xayrli ishlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berib o‘tdi.

Tadbirning badiiy qismida korxonaning faol yoshlari tomonidan Havo ajratish sexi operatori Izzatillo Xolmatov, XMD sexi chilangari Aliyor Abdusalomov, Sanitar laboratoriyasi laborantlari Zulhomor Badalova hamda Maftunaxon To‘xtamatova, Aloqa sexi kabelchisi Feruza Nomonjonovaning shoir qalamiga mansub nasriy asarlardan parchalari mutolaa qilinib, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Tadbirni bayramona o‘tishida Farg‘ona shahar 2-sonli bolalar musiqa va san’at maktabining musiqa o‘qituvchilari Ixtiyor Xasanov, Sodiqjon Axmedov, Otabek Babadjanov, Murodiljon Uliqovlarning milliy musiqa asboblarida Navoiyning g‘azallaridsn “Buxoro to‘lqini”, “Aylagach” “Munojot” kabi xalqimizni qalbidan joy olgan musiqiy asarlarning ijrosi va ularga jo‘r bo‘lgan shu maktabning vokal bo‘yicha o‘quvchilari Xonzoda Xomidova, Odina Jo‘rayevalarning ashulalari barcha ishtirokchilarga manzur bo‘ldi. 


 

“Farg‘onaazot” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech