Ру O`z En

“AMMOFOS-MAXAM” AJDA SAYYOR SEMINAR BO‘LIB O‘TDI

Joriy yilning 1-2-dekabr kunlari “Ammofos-Maxam” AJda “O'zkimyosanoat” AJ tizimida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash, xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, matbuot xizmatlari va kasaba uyushmasi faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo'yicha rejalashtirilgan sayyor seminar-trening o‘tkazildi.

Seminarda korxonada ma'naviyat-ma'rifat, yoshlar, xotin-qizlar bilan ishlash, kasaba uyushmasi va matbuot xizmati bo'yicha amalga oshirilgan ishlari tahliliy ko'rib chiqildi.

Seminarda “Farg'onaazot” AJ tarmoq korxonalarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo'yicha rais maslahatchilari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar boshlang'ich kengashi raislari, kasaba uyushma qo'mitalari raislari hamda matbuot kotiblari ishtirok etishdi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech