Ру O`z En

BAYRAM MUNOSABATI BILAN KELAJAGIMIZ POYDEVORLARI TABRIKLANDI

Bugun, 1 iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni Farg‘ona shahrida joylashgan mas’uliyati cheklangan bolalar  Muruvvat uyiga “Farg‘onaazot” AJ rahbariyati tashabbusi bilan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi kengashining viloyat va shahar deputatlari hamkorligida tashrif uyushtirildi. 

 

Tashrif davomida bolajonlar shodiyona bayram bilan qutlanib, ularga bayram sovg‘alari ulashildi. Mazkur tantanada O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Farg‘ona viloyat bo‘linmasi xushovoz xonandalari o‘zlarining kuy va qo‘shiqlari bilan jajji o‘g‘il-qizlarni shod etdilar.

 

Bolajonlar tashrifdan quvondilar va tashkilotchilar hamda korxona ma’muriyatiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirib o‘tdilar.

 

“Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech