Ру O`z En

BIZ BIR KUCHMIZ....

“Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyatining FM va FV boshqarmasi Qutqaruv otryadi maxsus o‘quv bazasida  qutqaruvchilari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil  4-mart kunidagi farmoniga asosan Favqulodda Vaziyatlar Vazirligining tashkil topgan kuni munosabati bilan  “BIZ BIR KUCHMIZ” shiori ostida sport hamda jangovor tayyorgarlik bo‘yicha bellashuv o‘tkazildi.

   Bellashuvda korxona rahbariyati, kasaba uyushma qo‘mitasi va yoshlar ittifoqi tomonidan hakamlik qilinib, g‘olib bo‘lgan qutqaruvchilar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

   Shu o‘rinda, Qutqaruv otryadida uzoq yillar xizmat olib borgan 2-nafar faxriy qutqaruvchilarga korxona ma’muriyati tomonidan faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

 

“Farg‘onaazot”AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech