Ру O`z En

BIZNING JAMOA “VILOYAT HOKIMI KUBOGI – 2021” G‘OLIBI

  Barchaga ma’lumki, Farg‘ona viloyati hokimligining “Sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb etish, piyoda yurishni ommalashtirish orqali fuqarolar  o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shuningdek,  mahalliy hokimliklarda, boshqarma va tashkilotlarda haftada  ikki kunni sport kuni etib belgilash” to‘g‘risidagi dasturi ijrosi yuzasidan viloyatimizda “Viloyat hokimi kubogi – 2021” musobaqasi tashkil etilgan edi.

  Musobaqa viloyat hokimligi, viloyat boshqarma va tashkilotlari hamda tuman va shahar hokimliklari jamoalari o‘rtasida o‘tkazildi. Unda “Farg‘onaazot” aksiyadorlik  jamiyati jamoasi ham ishtirok etdi. Birinchi turda “Farg‘onaazot” aksiyadorlik  jamiyati jamoasi viloyat Gaz ta’minoti tashkilot jamoasi bilan maydonga tushdi va 2:0 hisobi bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Viloyat Pensiya jamg‘armasi jamoasini esa 12:2 hisob bilan mag‘lubiyatga uchratdi va yarim finalga chiqdi. Yarim finalda to‘p surgan raqiblari viloyat Uztelekom tashkiloti jamoadan 3:1 hisob bilan va viloyat Iqtisodiyot boshqarmasi jamoasidan 1:0 hisobi bilan muvaffaqiyatni tortib oldi va final bosqichiga yo‘l oldi.

   Musobaqaning final bosqichida korxonamiz jamoasi Farg‘ona shahar hokimligi jamoasi bilan bo‘lib o‘tgan murosasiz o‘yinida 3:0 hisobi bilan viloyat bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritib, “Viloyat hokimi kubogi 2021” musobaqasi g‘oliblariga aylandilar. “Farg‘onaazot” aksiyadorlik  jamiyati jamoasi viloyat hokimi kubogi, 1- darajali diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

    “Farg‘onaazot” aksiyadorlik  jamiyati jamoasiga barcha korxona xodimlari, rahbariyati va matbuot xizmati tomonidan o‘z minnatdorchiligimizni bildirgan holda, ularga kelgusida bundanda yuqori marralarni zabt etishlariga tilakdoshmiz.

 

  “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech