Ру O`z En

Bolajonlar uchun “Quvnoq startlar”

"Farg‘onaazot" aksiyadorlik jamiyatining “Kimyogar” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida korxonaning yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti kengashi hamda kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan quvnoq-startlar musobaqalari o‘tkazildi.

Sport o'yinlari oromgohda hordiq chiqarayotgan  jamiyatimiz xodimlari farzandlari uchun ayni muddao bo'ldi. Ushbu tadbir, 2022 yil “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla” yili munosabati bilan hamda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan “O‘zkimyosanoat” AJ tizimida yoshlar dasturiga asosan tashkil etildi.

Quvnoq–startlarda bolajonlar ishtiyoq bilan ishtirok etdi. Musobaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan barcha ishtirokchilar “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti Kengashi tomonidan o‘quv qurollari hamda qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

 

 

“Farg‘onaazot” АJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech