Ру O`z En

Bugun, 9-fevral kuni “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyatida Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

Ikki buyuk mutafakkir, davlat arboblari va adiblar hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirga, Farg‘ona shahar hokimligi ma’naviyat bo‘limi a’zosi Dilraboxon Toshpo‘latova, boshlang‘ich ta’lim tarix fani o‘qituvchisi Davlatjon Ro‘ziyevlar taklif etildilar.

   Tadbir korxona rahbari D.E. Mannonov raisligida bo‘lib o‘tdi. Boshqaruv raisi kechani ochib berar ekan, ajdodlarimiz, ularning hayot kechinmalari va ijodlari to‘g‘risida so‘z yuritdi. So‘ng, tadbirning badiiy qismida korxonaning faol yosh xotin-qizlari, Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur qalamlariga mansub nasriy asarlardan parchalarni mutolaa qilishdi.

   Shuningdek kechada, Farg‘ona shahar Madaniyat bo‘limining iqtidorli xonandasi Abduvoxid Tojiboyev va jamiyatning Qutqaruv otryadi qutqaruvchisi Mirzohid Axmedov ijrosida Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur she’rlariga bastalangan qo‘shiqlar yangradi. Tadbir barcha ishtirokchilarga manzur bo‘ldi.   

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech