Ру O`z En

DAVLAT GERBI – IFTIXOR RAMZI

“O‘zkimyosanoat” AJ tizimlari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganligining 30 yillik munosabati bilan “Olamni madh etgan diyor” shiori ostida “Davlat gerbi – iftixor ramzi” mavzusida videoaloqa orqali ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

    Unda tizim korxonalarining jamoat tashkilotlari xodimlari, ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha mas’ullari, korxona faol yoshlari hamda rahbarlari ishtirok etishdi. Mazkur tadbirda tizim xodimlari tomonidan Vatanimizni, gerbimizni madh etuvchi she’r va qo‘shiqlar yangradi. Shu o‘rinda, gerbimiz tarixi, vujudga kelish voqealari aytib o‘tildi. Turli xil mavzuga oid qiziqarli savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech