Ру O`z En

«KIMYOGAR» BOLALAR SOG‘LOMLASHTIRISH OROMGOHI YANGI MAVSUMGA START BERDI

Joriy yilning 13-iyun kuni «Kimyogar» bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida yozgi dam olish mavsumining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu quvonchli tadbir doirasida oromgoh birinchi navbatda 150 nafar bolani qabul qildi.

Har yili yozgi ta’til mavsumida yuzlab o‘quvchilarni bag‘riga oladigan ushbu oromgohda bolalarning sog‘lig‘i, dam olishi va intellektual rivojlanishiga alohida e’tibor qaratiladi.

Bu yilgi mavsum ham bundan mustasno emas: bolalar uchun zamonaviy sharoitlar yaratilgan, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida turli tadbirlar yo‘lga qo‘yilgan.

Oromgoh hududida boy adabiyot fondiga ega kutubxona, futbol, voleybol va boshqa sport o‘yinlari uchun maydonchalar, shuningdek, har kuni o‘tkaziladigan madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etilgan.

Shuningdek, psixolog va sog‘liqni saqlash xodimlari tomonidan bolalarning holati doimiy nazoratga olingan.

«Kimyogar» oromgohi — bu nafaqat hordiq chiqarish maskani, balki yangi do‘stlar, ijobiy hissiyotlar va esda qolarli damlar manzili hamdir.

Yozgi mavsum davomida yana yuzlab bolalarning ushbu oromgohga tashrifi kutilmoqda.

 

“Farg‘onaazot” Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech