“DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARSHI KURASH” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI TASHKIL ETILDI
Bugun korxonamizda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Obyektda yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘limi shaxsiy tarkibi uchun navbatdagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Mavzu hammamiz uchun dolzarb – “Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash”
Uchrashuvda so‘zga chiqqan Komplaens nazorati xizmati boshlig‘i G‘ofurjon Jabborov xodimlar ongida mafkuraviy immunitetni shakllantirish, ularni yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish hamda milliy va ma’naviy qadriyatlarga sadoqat bilan yondashish zarurligini ta’kidladi.
Shuningdek, jamiyat boshqaruvi raisining maslahatchisi E’zozxon Abdullayeva o‘z ma’ruzasida diniy ekstremizmning ijtimoiy-psixologik omillari, uning inson ongiga ta’siri hamda axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Tadbir ochiq muloqot shaklida o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘z fikr va takliflarini bildirishdi, shuningdek, mutaxassislardan amaliy tavsiyalar olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati