Ру O`z En

“ENG NAMUNALI MA’NAVIYAT XONASI” KO‘RIK-TANLOVI G‘OLIBLARI TAQDIRLANDILAR

Ko‘rik-tanlov “O‘zkimyosanoat” AJning tizim korxonalarida ma’naviyat xonalarini zamon talabi darajasida qayta jihozlash maqsadida tashkillangan edi.

    Korxona boshqaruvi raisi Dilshod Mannonov “Eng namunali ma’naviyat xonasi” ko‘rik-tanlovida ishtirok etgan barcha sexlarga o‘z minnatdorchiligini bildirgan holda tadbirni ochiq deb e’lon qildi.

   Tadbirni olib borgan boshqaruv raisining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi E’zozxon Abdullayeva so‘zlariga ko‘ra, tanlovda 3-o‘rinlarni  Markaziy kimyo laboratoriyasi va Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati egallagan va 5 300 000 so‘m pul mukofoti hamda diplomni qo‘lga kiritishgan.

   2-o‘rinlar esa Aloqa sexi va Jihozlarni markazlashtirilgan ta’mirlash sexiga nasib etib, 7 910 000 so‘m pul mukofoti va diplomga ega bo‘lganlar. Mutloq g‘oliblik Mexanik ta’mirlash sexiga nasib etib, 11 300 000 so‘m pul mukofoti hamda diplomga ega bo‘lgan.    

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech