Ру O`z En

“ENG YAXSHI MAQOLA” KO‘RIK TANLOVI G‘OLIBLARI ANIQLANDI

Korxonada O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan “Olamni mahliyo aylagan diyor” shiori ostida “Davlat gerbi – iftixor ramzi”  mavzusida “Eng yaxshi maqola” tanlovi tashkil etildi.

                   Tanlov korxona jamoat tashkilotlari tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, unda korxonaning sex va boshqarmalaridan 12 nafar ishchi-xodimlar ishtirok etishdi.  Tanlov nizomida ishtirokchilar “Davlat gerbi – iftixor ramzi”  mavzusida lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida, ma’noga boy, gerbimiz tarixiga tayangan holda boyitilgan maqolani qo‘lda yozishlari so‘ralgan.

         Tanlov natijalariga ko‘ra, birinchi o‘rinni  KMBNQB yetakchi iqtisodchisi D.Suyarov, ikkinchi o‘rinni MM,XT,AMM va XICHO SX yetakchi muhandisi Sh.O‘ktamov hamda uchinchi o‘rinni  Aloqa sexi muhandisi Yu.Rasulevalar egallashdi. Undan tashqari tanlovda nominatsiyalar belgilangan bo‘lib,  “Mazmunga boy maqola” nominatsiyasi bo‘yicha Sanitar laboratoriyasi laboranti
X. Ulug‘bekova, “Tarixiy ma’lumotlarga boy maqola” muallifi deb Soda sexi chilangari  M.Saidova va “Eng chiroyli yozilgan maqola”- nominatsiyasi bo‘yicha IR va JAB yetakchi mutaxassisi  R.Ismatillayevalar g‘olib deb topildi.

      Tanlovning barcha ishtirokchilari korxona ma’muriyati tomonidan diplomlar va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi. Eslatib o‘tamiz, tanlovda faxrli birinchi o‘rin sohibi maqolasi jamiyatning “Kimyogar” gazetasida chop etiladi.

 

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech