Ру O`z En

“Eng yaxshi yosh mahoratli elektromontyor” tanlovi bo‘lib o‘tdi

Korxonada tashkil etilgan “Kasb mahorati” ko‘rik-tanlovi qizg‘in davom etmoqda. Tanlov bir nechta yo‘nalishdan iborat bo‘lib, joriy yilning 8-noyabr kuni tanlovning “Eng yaxshi yosh mahoratli elektromontyor” yo‘nalishi o‘tkazildi.

Ushbu tanlov ikki bosqichda o‘tkazildi. Birinchi bosqichda ishtirokchilar mutaxassislar tomonidan tayyorlangan testlarni yechishdi, ikkinchi bosqichda esa amaliy mashg‘ulotlarda o‘z bilimlarini namoyon etdilar.

Tanlovda 18 nafar yosh mutaxassis elektromontyorlar ishtirok etishdi. Ulardan uchinchi o‘rinni mochevina ishlab chiqarish sexi elektromontyori Axmadali Abdusalimov, ikkinchi o‘rinni elektr ta’minoti sexi elektromontyori Qobiljon Sultonov hamda oliy o‘rinni elektr ta’minoti sexi elektromontyori Abdulxamid Muhammadaliyevlar egallashdi.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech