Ру O`z En

FARG‘ONA SHAHRIDAGI “SAMO” SPORT MAJMUASIDA HUDUDIY TARMOQLARARO SANOAT YARMARKASI BO‘LIB O‘TMOQDA

Joriy yilning 9-10 iyun kunlari Farg‘ona shahrida bo‘lib o‘tayotgan hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasida “Farg‘onaazot” AJ ham o‘zining 30 dan ortiq turdagi mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.

   Mazkur yarmarkada viloyatdagi 300 dan ziyod to‘qimachilik va ipakni qayta ishlash, charm-poyabzal, mebelsozlik, neft va gaz sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarish, shuningdek, qurilish materiallari, kimyo sanoati, elektrotexnika, farmasevtika hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarning 1000 dan ortiq turdagi mahsulotlari namunalari, o‘zlashtirilishi rejalashtirilayotgan mahsulotlar, sanoat kooperatsiyasi orqali mahalliylashtirishga taklif qilinayotgan mahsulotlar hamda istiqbolli loyihalar namoyish qilinmoqda.

  Kun tartibiga asosan yarmarkada, sanoat mahsulotlari ko‘rgazmalari, elektron kooperatsiya portali cooperation.uz faoliyati, sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash va rivojlantirish, mahalliy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishini yanada kengaytirish, kichik biznes sub’ektlarini sanoat faoliyatiga keng jalb qilish, investitsion imkoniyatlar, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda tarmoqlar va hududlarda sanoat salohiyatini oshirishga qaratilgan taqdimotlar, B2B uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech