Ру O`z En

“FARG‘ONAAZOT” AJ RAHBARIYATI TASHABBUSI BILAN OSH TARQATILMOQDA

Sovuq ob-havo sharoitida ham oʻz xizmat vazifalarini sidqidildan bajaratyotgan Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari mehnati bebahodir. Bunday mehnatsevar va fidoiy insonlariga g‘amxo‘rlik ko‘rsatib, osh tarqatish qishning sovuq kunlarida ayniqsa savoblidir.

    Bugun, 16-yanvar kuni Qirguli mavzesida “Farg‘onaazot” AJ tomonidan
50 kilogram osh damlanib, obodonlashtirish ishchilari, shuningdek kam ta’minlangan hamda ehtiyojmand oilalarga tarqatildi. Palov tarqatish marosimi bilan birgalikda, yolg‘iz, boquvchisini yo‘qotgan fuqarolar, faxriylar holidan  xabar olindi.

   “Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech