Ру O`z En

“FARG‘ONAAZOT” AJDA «CARBON-POLYMER» MCHJ MAHSULOTLARI KO‘RGAZMASI

Joriy yilning 8 avgust kuni bugungi kunda grafit mahsulotlari va kaprolon ishlab chiqarish bo‘yicha O‘zbekiston bozorida yetakchi hisoblangan 2005-yilda tashkil etilgan «Carbon-Polymer» MCHJ ishlab chiqarish korxonasi o‘z mahsulotlarini korxona jamoasiga taqdim etdi.

     Sanoat va maishiy texnika uchun zarur bo‘lgan mahsulotlar ko‘rgazmasida turli xil vtulkalar, sterjenlar (tayoqchalar), tunika listlar, sirpanchiq podshipniklar, izolyatorlar, fum tasmalari, turli diametrli quvurlar, ftoroplast va boshqa polimerlarga asoslangan kompozit materiallari korxona bosh mutaxassislari, sex va boshqarmalar muhandislari tomonidan ko‘zdan kechirildi.

  • Respublikamizda kooperatsion yarmarkalarida ishtirok etish jarayonida korxonamizga zarur bo‘lgan mahsulotlarni sifatli va ma’qul narxlarda sotib olish maqsadida «Carbon-Polymer» ishlab chiqarish korxonasi mutaxassislari taklif etildi.

   «Carbon-Polymer» ishlab chiqarish korxonasi xodimlari bugungi texnologiyamiz uchun kerakli salniklar, zichlovchi materiallar, futerlangan quvurlar, zaslonkalar, surma klapanlar (qopqoqlar) va boshqa mahsulotlarni ko‘rgazmaviy tarzida taqdim etishmoqda. Buning qulay tarafi shundaki, jamiyatimiz sexlari mutaxassislari o‘zlarining talablari bo‘yicha zaruriy mahsulotlarni ko‘rib, mahsulot sifatlari bilan yaqindan tanishib, kerakli talablari bilan ishlab chiqaruvchilarga yuzlanmoqdalar.

  Rahbariyatimiz topshirig‘i bilan biz kerakli mahsulotlar, texnik shartlar shakillantirilib ishlab chiqiladi va tijorat takliflari beriladi. Bularning barchasi mukammal ta’mirni sifatlilik darajasini oshishiga katta hissa qo‘shishiga mubolag‘a yo‘q – dedi, ishlab chiqarishni nazorat qilish va loyihalarni amalga oshirish boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari Yorqinjon Xoliboyev.    

  

 

“Farg‘onaazot” AJ  matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech