Ру O`z En

“FARG‘ONAAZOT” AJDA KORRUPSIYANI OLDINI OLISH, HUQUQIY SAVODXONLIKNI OSHIRISH, ODOB-AXLOQ VA KIYINISH ODOBI TO‘G‘RISIDA SEMINARLAR O‘TKAZILMOQDA

Korxonamizning boshqarma va sexlarida yuridik va ijro intizomini nazorat qilish bo‘limi, komplaens nazorat xizmati va jamoat tashkilotlar tomonidan o‘tkazilayotgan seminarlarda korxonada xodimlarni ichki tartib-qoidalarga amalini kuchaytirish, odob-axloqqa rioya etish va poraxo‘rlikka qarshi nafrat  tuyg‘ularini uyg‘otish, xodimlar murojaati bilan tanishish ishlari doimiy ravishda olib borilmoqda.   

     Xodimlar seminarda mutaxassislarga o‘zlarini qiziqtirgan savol va takliflari bilan yuzlandi. Unda Komplayens nazorat xizmati boshlig‘i G‘ofurjon Jabborov ayol va qizlar bilan ishlash, ularga nisbatan turli zo‘ravonliklarni oldini olish, ma’naviy-psixologik holatidan xabardor bo‘lish, ularning malakalarini oshirish haqida so‘z yuritar ekan, sex boshlig‘i va mas’ul xodimlariga har bir ishchi bilan “yakka tartibda” individual ishlashni, ushbu ishlarga jiddiy yondoshishi lozimligini aytib o‘tdi.

 

 

“Farg‘оnaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech