Ру O`z En

«FARG‘ONAAZOT» AJDA TAKTIK MAXSUS MASHG‘ULOT OLIB BORILDI

Korxonada fuqaro muhofazasi xizmati, milliy gvardiya, favqulodda vaziyatlar hamda viloyat tibbiyot xizmatlari hamkorligida “Zilzila oqibatida kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar atmosferaga sizib chiqishi bilan bog‘liq texnogen avariya oqibatlarini bartaraf etish” mavzusidagi taktik maxsus mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi.

             Mashg‘ulot avariya qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmas ishlarni tashkillashda hamda tuzilmalarning boshqarishda rahbar hodimlarni, shaxsiy tarkibni amaliy ko‘nikmalari oshirish, fuqaro muhofazasi chora-tadbirlarini mustaqil bajarishda tuzilmalarning milliy gvardiya, favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda viloyat tibbiy xizmati hamkorligidagi  harakatlarini muvofiqlashtirishni maqsad qilib qo‘ygan.

       Taktik maxsus mashg ‘ulotida fuqaro muhofazasi tuzilmalarining taktik-maxsus mashg‘ulotga tayyorgarligi, kimyo holatni bashorat qilishdagi navbatchi nozimning harakatlari,  ammiak to‘kilishi bilan bog‘liq avariyalarni bartaraf e‘tishdagi tuzilmalar hamda FV shtabi harakatilari tekshirishilib, “Besh-bola” MFY aholisini zararlanish xavfi haqida ogohlantirish hamda aholini xavfsiz hududga olib chiqish ishlari olib borildi.    

                

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech