Ру O`z En

“Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati ichki audit bo‘limi xodimlari “Eng yaxshi ichki auditor-2021” tanlovida munosib o‘rinlarni egalladilar

   O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar Milliy Assotsiatsiyasi, O‘zbekiston auditorlar palatasi, O‘zbekiston buxgalterlar federatsiyasi hamda «Soliq va bojxona xabarlari» gazetasi tahririyati tashabbusiga ko‘ra Respublikamiz bo‘ylab «Eng yaxshi buxgalter-2021», «Eng yaxshi auditor-2021», «Eng yaxshi ichki auditor-2021» tanlovlari tashkil etildi.

   Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi va  «ILMFANRIVOJ» NTMning  texnik yordamida o‘tkazildi. Tanlov nizomiga asosan yurtimizda faoliyat yurituvchi buxgalterlar va auditorlar (auditor va ichki auditorning kvalifikatsiya sertifikatiga ega bo‘lgan), staji, ish joyi, buxgalter va auditorlar respublika professional jamoat birlashmalariga a’zoligidan qat’iy nazar ishtirok etishlari ko‘rsatib o‘tilgan edi. Ushbu tanlovda “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati ichki audit bo‘limi ham faol ishtirok etdi. Tanlovlar ikki boskichda bo‘lib o‘tdi.

Tanlovning birinchi bosqichi joriy yilning 6 sentabridan 31 oktabrigacha bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirokchilardan test savollariga javoblarni oddiy pochta yoki elektron pochta orqali jo‘natishlari talab etildi. Birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan konkurs ishtirokchilari ikkinchi bosqichga taklif qilindilar. Tadbirning ikkinchi - 27 noyabr kunida bo‘lib o‘tgan bosqichida birinchi tur g‘oliblari Toshkent shahrida yozma imtihon topshirdilar. Unda ishtirokchilarning professional  bilim   va  ko‘nikmalari, o‘z bilimlaridan  professional  faoliyatida  qay darajada mohirona foydalana olishlari kabi mezonlari ko‘rib chiqildi.

   Tanlov g‘oliblari 2021 yilning 9 dekabr kunida – “Buxgalterlar va auditorlar kuni”da e’lon qilindi. Natijalarga ko‘ra,
Eng yaxshi ichki auditor-2021” tanlovida ikkinchi o‘rinni korxonamiz ichki audit xizmati bo‘lim boshlig‘i Farhodjon Maxmudjonovich Yuldashev va uchinchi o‘rinni ichki audit xizmati auditori  Gavhar Mirxiyayevna Turg‘unboevalar egalladilar.

 

 

 

                                                                                                                                                                                               “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech