Ру O`z En

“Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati kasaba uyushmasi qo‘mitasining yillik hisobot konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

Konferensiyada jamiyatning barcha tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari, sex kasaba qo‘mitasi raislari, ishchi va muhandis-texnik xodimlaridan iborat delegatlar ishtirok etishdi.

Bundan tashqari, konferensiyada O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining mehnat texnik inspektori D. To‘ychiyev, Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi N. Muzapparova hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyati Kengashining mehnatkashlarni ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo‘limi mudiri T. Karimovlar ishtirok etishdi.

Konferensiya kun tartibida:

“Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati kasaba uyushmasi qo‘mitasining 2021 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti;

jamoa shartnomasini amalga oshirish to‘g‘risidagi dalolatnomani tasdiqlash;

amaldagi jamoa shartnomasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish loyihalarini ko‘rib chiqish kabi masalalar o‘z aksini topdi.

Konferensiyada “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi                       A. Salijanov va korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi I. Abduvohidovlarning ma’ruzalari tinglandi. Delegatlar kasaba uyushmasi qo‘mitasining aniq yo‘nalishlar bo‘yicha olib borayotgan ishlari to‘g‘risida Karbamid, AS-72M va XMD sexlarining sex kasaba qo‘mitasi raislarini hisobotlari tinglandi.

Ma’ruzalar muhokamasi ochiq va konstruktiv ruhda o‘tdi.

Muhokama yakunlariga ko‘ra, jamoa shartnomasining 2021 yildagi ijrosi qoniqarli deb topildi. Muhokama uchun taqdim etilgan amaldagi jamoa shartnomasiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar loyihasi bir ovozdan ma’qullandi. Jamoa shartnomasiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni inobatga olgan holda “Farg‘onaazot” AJ mehnat jamoasi konferensiya qarorini qabul qildi.

So‘ng so‘z O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasining texnik mehnat inspektori D.To‘ychiyevga berildi va u Konferensiya ishtirokchilariga Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan 2021-yilda faoliyatning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Konferensiya yakunida korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi                                       I. Abduvohidov o‘z jamoalarini birlashtirib, katta hajmdagi ishlarni amalga oshirayotgan barcha sex kasaba qo‘mitalari raislarining mehnati uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

 

“Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech