Ру O`z En

“Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati yoshlar ittifoqi tomonidan jamiyatida faoliyat yuritayotgan faol yoshlar uchun Vodiy bo‘ylab sayohat tashkillandi

    Namangan viloyati Pop tumanida joylashgan Chodak tog‘li hududlarga uyushtirilgan bir kunlik ushbu sayohat yoshlar uchun juda ham maroqli hordiq va ko‘ngil ochar kun bo‘ldi. Sayohatda Chodak hududiga yetib kelgan yoshlarimiz ajoyib sharoitga ega bo‘lgan dam olish maskaniga joylashdilar. So‘lim yerda nonushta qilib bo‘lgandan so‘ng tog‘li go‘zal manzara sari maxsus transportlarda yo‘lga chiqildi. Chodak hududidagi deyarli barcha tog‘larga sayrlar uyushtirildi. Sayohatchilar turli xil ko‘ngil ochar osma kanatlar, atraksionlar hamda tabiat qo‘ynida dam oldilar. Go‘zal tabiatda joylashgan sharsharalarda esdalik uchun suratlarga tushdi.

    Sayohat so‘ngida Chodak tog‘li hududida joylashgan o‘zining uzoq tarixiga ega muqaddas “Ona ko‘z yoshi” bulog‘iga ziyorat tashkil etildi. U yerda yoshlarimiz o‘zlarini qiziqtirgan ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Ona ko‘z yoshi bulog‘ining qisqacha tarixi bilan tanishib chiqdilar.

    - Bunday tadbirlarni tashkillashdan maqsad korxonamizda faoliyat yuritayotgan yoshlarni xar tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga ish faoliyatidan tashqari madaniy hordiq chiqarishlari uchun yetarli shart sharoitlar yaratishdir – deydi “Farg’onaazot” aksiyadorlik jamiyati yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti kengashi raisi Nurmurod Sirojov.

 

 

“Farg‘onaazot” АJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech