Ру O`z En

“FARG‘ONAAZOT” AKSIYADORLIK JAMIYATIDA SANOAT XAVFSIZLIGIGA BAG‘ISHLANGAN MATBUOT ANJUMANI BO‘LIB O‘TDI

Korxonada xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarini soz holatda saqlash, ularni xavfsiz ekspluatatsiya qilish, ularda mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarning xavfsizligini ta’minlash hamda texnika xavfsizligi qoidalariga, shuningdek, turli avariyalar va baxtsiz hodisalar sodir bo‘lgan vaziyatlarda to‘g‘ri xatti-xarakatlar olib borish borasida matbuot anjumani tashkil etildi.

     Anjumanda korxona boshqaruvi raisi Abdupatto Salijanov ommaviy axborot vositalari vakillarini jamiyatda yaratilayotgan islohotlar, kiritilgan investitsiyalar bilan tanishtirib o‘tdi. Shu o‘rinda, xodimlarni birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish, shaxsiy himoya vositalaridan to‘g‘ri foydalanish to‘g‘risidagi bilim va malakalarini yanada mustahkamlash bo‘yicha bajarilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berdi. So‘ng, zaldagi katta monitorda bu borada tayyorlangan maxsus videorolik namoyish etildi.

    Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan matbuot anjumani davomida jurnalist va blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga korxona bosh mutaxassislari, rahbariyati va mas’ul xodimlari tomonidan to‘laqonli javoblar oldilar.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech