Ру O`z En

“FARG‘ONAAZOT” AKSIYADORLIK JAMIYATIDA YOSHLAR O‘RTASIDA “MUNOZARA” INTELLEKTUAL O‘YINI TASHKILLANDI

Korxonamizda “Munozara” intellektual ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.  Ko‘rik tanlov o‘sib borayotgan yosh avlodni har tomonlama mukammal va mustaqil fikrlaydigan, qat’iy xayotiy pozitsiyaga ega bo‘lgan yoshlarni tarbiyalash, ularda tizimli tahlil qilish, mantiqiy fikrlash va mohirona munozara olib borish qobiliyatlarini rivojlantirishni maqsad qilib olgan.

 Ko‘rik-tanlov bahs munozaraga boy bo‘ldi. Mehmon sifatida tashrif buyurgan Farg‘ona viloyati Munozara klubining “Tandem-2” jamoasi “Farg‘onaazot” AJning “Kimyogarlar” jamoasiga qarshi o‘yin olib bordi va hakamlarning qaroriga ko‘ra har ikkala jamoa teng ball to‘plagan holda durrang natijani qayd etdi.

“Munozara” intellektual o‘yini korxona yoshlari tomonidan iliq kutib olindi hamda korxona sexlaridagi yoshlar o‘rtasida turnirlar tashkil etish takliflari bildirildi. Bu kabi tashkillanayotgan namunaviy, intellektual tanlovlar yosh xodimlarimizni bilim darajasini yanada oshirish, jamiyatda yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

 

 “Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech