Ру O`z En

“FARG‘ONAAZOT” AKSIYADORLIK JAMIYATINING RASMIY BAYONOTI

Bugun, 14-iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda "“Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyatida yong‘in sodir bo‘lmoqda" mazmunidagi videolar tarqalmoqda. Ushbu holat yuzasidan  “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati quyidagilarni ma’lum qiladi.

Yong‘in “Farg‘onaazot” zavodida emas, balki unga yaqin bo‘lgan hududda, Toshloq tumani, Axshak MFY Besholish dahasida joylashgan neft mahsulotlarini qayta ishlash uchun mo‘ljallangan sexda  soat 16:26da sodir bo‘lgan. Zavod hududida hech qanday yong‘in kuzatilmagan, ishlab chiqarish jarayoni belgilangan tartibda davom etmoqda.

    Jamoatchilik faollari va fuqarolarga ijtimoiy tarmoqlarda turli xil ma’lumotlarni tarqatishdan oldin “Farg‘onaazot” AJning Matbuot xizmati bilan bog‘lanishlarini hamda barcha savollarga ishonchli manbaadan to‘g‘ri javoblar olishlari, asossiz va noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqalishini oldini olishini eslatib o‘tamiz.

«Farg‘onaazot» aksiyadorlik jamiyati ishonch telefoni: (73) 242-63-90

 

“Farg‘onaazot” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech