Ру O`z En

“FARG‘ONAAZOT”AKSIYАDORLIK JAMIYАTI XODIMASI ESSELAR TANLOVI RESPUBLIKA BOSQICHIDA FAXRLI 3-O‘RINNI EGALLADI

“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tizimdagi korxonalar ishchi-xodimlari o‘rtasida esselar tanlovi o‘tkazilishi to‘g‘risidagi  bo‘yrug‘iga asosan bizning korxonamizda ham esselar tanlovi o‘tkazilgan edi. Tanlov nizomiga ko‘ra har bir tizim korxonasi esse tanlovi g‘oliblari “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tizimi bo‘yicha o‘tkaziladigan “Respublika-tarmoq”  bosqichida ishtirok etish xuquqini qo‘lga kiritishi ko‘rsatib o‘tilgan edi.

    Korxonamizda “Mustaqillik bebaho ne’mat” mavzusida o‘tkazilgan esse tanlovida 29 nafar ishtirokchilarni o‘zining mazmunli, ta’sirchan va mavzuni keng qamrab olgan esse qo‘l yozmasi bilan yengib o‘tgan korxonamizning kimyo laboratiriyasi yetakchi mutaxasissi Zebuniso Xamdamova Respublika bosqichida faxrli 3-o‘rinni egalladi. Tanlov O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan bo‘lib, “Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida kimyo sanoatining o‘rni” mavzusida bo‘lib o‘tdi.

    Zebuniso Xamdamova  “O‘zkimyosanoat” AJ tomonidan 3 darajali Diplom va pul mukofoti bilan taqdirlandi.

 

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech