IJOD KECHASI: “DAVLAT TILI – MILLAT RUHI”
Korxonada o‘z milliy g‘ururimiz, o‘zligimiz, o‘zbek xalqining yuragidan joy olgan buyuk sana — 21-oktabr – O‘zbek tili kuni munosabati bilan jamiyatimiz ijodkor xodimlari ishtirokida “Ijod kechasi” o‘tkazildi.
Kechani korxonamiz kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Ilhom Abduvohidov ochib berdi.
- O‘zbek tili — bu xalqimizning ma’naviy boyligi, tariximizning abadiy guvohi, millatimizning yuragi! Shu munosabat bilan korxonamizda o‘tkazilayotgan “Ijod kechasi” sizu bizga nafaqat ma’naviy zavq, balki iqtidorli xodimlarimizning iste’dodini namoyon etish imkonini ham beradi – dedi u o‘z so‘zida.
Boshqaruv raisi maslahatchisi E’zozxon Abdullayeva xodimlarimiz orasidan bular kabi mahoratli, iqtidorli ijodkorlar bizlarning faxrimiz ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Kechaga taklif etilgan so‘z sehri bilan yuraklarga iliqlik bag‘ishlaydigan ijod ahli — AK-72 M sexi sozlovchi – chilangari Bahromjon Mashrapov hamda Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash boshliq o‘rinbosari Murodjon Mirzayevlar o‘zlarining she’rlari, ijod mahsullarini tadbir qatnashchilariga o‘qib eshittirdilar. Dildan suhbat qurdilar.
Kecha so‘nggida Bahromjon Mashrapov o‘zining “O‘zimni topmadim nigohlaringdan” nomli kitoblarini jamiyatimiz kutubxonasi va mazmunli savollar bergan xodimlarga taqdim etdi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati