Ру O`z En

“INSON RUHIYATIDA SHUKRONALIK HISSINING AHAMIYATI” MAVZUSIDA SEMINAR-TRENING

Korxonaning katta majlislar zalida “Inson ruhiyatida shukronalik hissining ahamiyati” mavzusidagi seminar-treningda korxonaning sex va boshqarmalari rahbarlari, yoshlar, xotin-qizlar hamda ma’naviyat va ma’rifat yetakchilari ishtirok etdilar.  

       Korxonaning ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha  maslahatchisi, “Nuroniylar” Kengashi raisi hamda jamiyat psixologi tomonidan tashkil etilgan seminar yuqori saviyada o‘tdi.

     Tashkilotchilar ishchi-xodimlarga muqaddas dinimiz va psixologiya tomonidan shukuronalik hissini singdirish borasida ma’ruza qildilar.  Ayniqsa, korxona psixologi tomonidan qo‘yib ko‘rsatilgan “Baxtli insonning 21 ta odati” nomli prezentatsiyasi va hayotga bo‘lgan ishtiyoqni aks etgan videoroligi barchada katta taassurot qoldirdi.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech