Ру O`z En

“ISHCHI-XODIMLARNING KASB MAHORATI HAMDA MALAKASINI OSHIRISH BO‘YICHA BAJARILGAN ISHLAR” TO‘G‘RISIDA MATBUOT ANJUMANI BO‘LIB O‘TDI

Anjumanda korxona rahbariyati hamda bosh mutaxassislari tomonidan viloyatimizda faoliyat yuritayotgan ommaviy axborot vositalari vakillariga ishchi-xodimlarni malakalarini oshirish, ulardan rahbar lavozimiga “zaxira” kadrlar tayyorlash borasida jamiyatda olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berib o‘tildi.

    Bu borada, 2022 yilning yanvar-iyul oyi mobaynida korxona tomonidan jami
524 nafar ishchi-xodimlar va mutaxassislar  malakasi oshirilgani va ushbu maqsadlar uchun 232 million so‘mdan ziyod mablag‘ sarflangani aytib o‘tildi. Shuningdek, korxonada ayollar, yoshlar bilimini, kasb mahoratini oshirish, oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olishlariga imkoniyatlar yaratilib korxona tomonidan moliyalashtirilayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Press-tur davomida ish joyi, xavfsizlik texnikasi, sanoat xavfsizligi, razryadga topshirish imtixonlari inson omili aralashmagan holda, jamiyatning “O‘quv markazi”da maxsus dastur orqali o‘tkazilayotgani jurnalist va blogerlarga ko‘rsatib o‘tildi.

Anjuman so‘nggida OAV vakillarini qiziqtirgan barcha savollarga korxona  mutaxassislari javob berib o‘tdilar.     

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech