Ру O`z En

JAMIYAT SEXLARIDA “KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH DAVR TALABI” MAVZUSIDA PROFILAKTIK TADBIRLAR O‘TKAZILMOQDA

Korxonaning ishlab chiqarish sexlari xodimlari o‘rtasida “Korrupsiyaga qarshi kurash - davr talabi” hamda “Halollik vaksinasi” mavzularida suhbatlar va profilaktik tadbirlar muntazam ravishda olib borilmoqda. 

   Hozirgi kunga qadar mazkur tadbirlar Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatika, Xlorad magniyli defolianti, Havo ajratish sexlari, Markaziy laboratoriya, Avtotransport sexi, Sifat nazorati va sifat menejmenti bo‘limi va Milliy gvardiyaning Qo‘riqlash batalonida o‘tkazildi.

    Tadbirlarda komplayens -nazorat xizmati boshlig‘i G‘ofurjon Jabborov va yetakchi mutaxassisi Shuxrat Boboyevlar xodimlarga korrupsiya illati va uning oqibatlari to‘g‘risida tushuntirishlar olib bordilar. Shu o‘rinda, korrupsiya holatlariga guvoh bo‘lgan xodimlarni Komplayens nazorat xizmatiga uchrashlari, ularning shaxslari sir tutilishi to‘g‘risida aytib o‘tdilar.

 

                                                                            “Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech