Ру O`z En

JAMIYATDA “KAMONDAN OTISH” SPORT TURI BO‘YICHA MUSOBAQA HAMDA MAHORAT DARSLARI TASHKIL ETILDI

Joriy yilning 9-mart kuni, jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholining jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish, buyuk ajdodlarimiz Amir Temur, Bobur Mirzo, Jaloliddin Manguberdilardan meros bo‘lib qolgan kamondan otish an’analari va qadriyatlarini kelajak avlodlarga yetkazish, milliy sport turlarini ko‘paytirish, kamondan otish sport turi bo‘yicha milliy terma jamoamizning Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida, jahon chempionatlarida va boshqa yirik musobaqalarda munosib ishtirok etishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Farg‘ona viloyat boshqarmasi bilan birgalikda korxonada faoliyat yurituvchi ishchi-xodimlari uchun “Kamondan otish” sport turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Musobaqada korxonada faoliyat yurituvchi ishchi-xodimlar, xususan, faol yoshlar, xotin-qizlar ishtirok etdi. Tadbirni korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi I.R.Abduvohidov ochib berdi. So‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Farg‘ona viloyat qo‘riqlash boshqarmasi alohida bataloni komandiri podpolkovnik F.M. Mamajonov hamda alohida batalon JK va JTB katta inspektori B.Sh.Abdunazarovlar o‘z nutqida “Kamondan otish” sport turini yanada rivojlantirishga qaratilgan e’tibor haqida gapirib o‘tdilar va korxonada to‘garak tashkil etish taklifini bildirdilar.

Musobaqa boshlanishidan avval qatnashuvchilarga malakali murabbiy tomonidan mahorat darslari o‘tkazildi. Murosasiz kechgan bahslarda eng mohir merganlar aniqlandi unga ko‘ra:

Ayollar o‘rtasida 3-o‘rinni Soda sexi xodimi Hayotxon Karimova, 2-o‘rinni Mochevina ishlab chiqarish sexidan Nilufarxon Boltaboyeva va faxrli 1-o‘rinni esa EJMT sexidan Sevaraxon Toshkanovaga nasib etdi.

Erkaklar o‘rtasida 3-o‘rin Texnik nazorat bo‘limi ishchisi Azizbek Xaydarovga, 2-o‘rin Qutqaruv otryadidan Muzaffar Abdullayevga hamda faxrli 1-o‘rin esa XMD sexi ishchisi Jasurbek Abdurashidovlarga nasib etdi.

Barcha g‘olib va sovrindorlarni tabriklab qolamiz kelgusida bundan ham yuksak yutuqlarga erishishlariga tilakdoshimiz!

 

 

“Fargʻonaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech