JAMIYATDA “MEN DONORMAN” SHIORI OSTIDA XAYRIYA AKSIYASI O‘TKAZILDI
Korxona xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan aksiyada tarkibiy bo‘linmalardan 94 ga yaqin ko‘ngilli ishchilar ishtirok etdi.
Ulardan 24 nafari birinchi marotaba qon topshirganlardir. Farg‘ona viloyati qon quyish markazi xodimlari tushlikka qadar barcha ko‘ngilli xodimlardan qon olishga ulgurdilar.
Xayriya aksiyasini o‘tkazishdan maqsad gematologik, onkogematologik va boshqa davolash qiyin bo‘lgan kasalliklarga chalingan, turli baxtsiz hodisalarga duchor bo‘lgan fuqarolarni hayotini saqlab qolishga ko‘maklashish, ushbu kasalliklar profilaktikasini kuchaytirish va ularni keltirib chiqaruvchi omillarning oldini olish, shuningdek, xodimlarda oliyjanoblik, bag‘rikenglik tuyg‘ularini shakllantirishni ko‘zda tutgan.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati