Ру O`z En

JAMIYАTDA “YOSHLAR HAFTALIGI” DOIRASIDA “RAHBAR KUBOGI” BO‘LIB O‘TMOQDA

Mamlakatimiz bo‘ylab 1 iyun sanasidan boshlab “Yoshlar oyligi” o‘tkazilib kelmoqda. Unga ko‘ra, korxonamizning yoshlar Kengashi birlamchi tashkiloti tomonidan dastur ishlab chiqilgan bo‘lib, “Yoshlar haftaligi” tashkil etilib, unda jamiyatimiz sex va boshqarmalari hamda Qo‘riqlash boshqarmasi Farg‘ona viloyati Alohida bataloni o‘rtasida 16-21- iyun kunlari “Rahbar kubogi” futbol musobaqasi o‘tkazilishi belgilangan edi.

     Mini futbol musobaqasida jami 21 jamoa ishtirok etmoqda.  Jamoalar korxona hisobidan ajratilgan 1 o‘rin uchun – 6 000 000 so‘m, 2 o‘rin uchun – 4 000 000 so‘m va  3 o‘rin uchun - 3 000 000 so‘m uchun bellashmoqda. Bugun korxonaning mini futbol maydonchasida final o‘yini bo‘lib o‘tadi. Unda maydonga korxona boshqarmasi va Qo‘riqlash boshqarmasi Farg‘ona viloyati Alohida bataloni birinchi o‘rin uchun to‘p suradi va musobaqa g‘olibi aniqlanadi.

 G‘olib jamoalar korxona rahbariyati tomonidan joriy yilning 30 iyun kuni diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

 

 “Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech