Ру O`z En

JAMIYATNING TARKIBIY BO‘LINMALARI MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR BO‘YICHA MAS’UL XODIMLARI, XOTIN-QIZLAR VA YOSHLAR YETAKCHILARI BILAN OCHIQ MULOQOT BO‘LIB O‘TDI

Bugun, 14-fevral kuni korxonaning ma’naviyat xonasida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda, korxona boshqaruvi raisi maslahatchisi, yoshlar ishlari bo‘yicha boshqaruv raisi maslahatchisi va xotin-qizlar kengashi raislari o‘zlarining 2022-yilda amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobotlarini ishchi-xodimlarga o‘qib eshittirdilar.

   Shu o‘rinda, korxona mas’ullari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.  Unda sex va boshqarmalarda 2023-yilda rejalashtirilgan ishlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, xotin-qizlar, yoshlar muammolari bilan ishlash kabi masalalar to‘g‘risida kelishib olindi. Xodimlar t””akliflari eshitib chiqildi.

    Shu bilan birga, jamiyatda 8-mart xalqaro Xotin-qizlar bayrami hamda 1- mart O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiyaxonim tavalludining 108 yilligi munosabati bilan “Zulfiyaxonim izdoshlari” shiori ostida mushoiralar kechasi o‘tkazilishini to‘g‘risida so‘z yuritildi.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech