Ру O`z En

“Kasb mahorati” ko‘rik-tanlovining navbatdagi “Eng yaxshi yosh mahoratli laborant” tanlovi bo‘lib o‘tdi

Xabaringiz bor, jamiyatimiz yoshlari o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan “Kasb mahorati” ko‘rik-tanloviga allaqachon start berilgan. Tanlov bir necha yo‘nalishda bo‘lishi rejalashtirilgan bo‘lib, joriy yilning 7-noyabr kuni tanlovning “Eng yaxshi yosh mahoratli laborant” yo‘nalishi o‘tkazildi.

Mazkur tanlov ikki bosqichda o‘tkazildi. Birinchi bosqichida ishtirokchilar sohaga oid test sinovlarini yechgan bo‘lsalar, ikkinchi bosqichida esa amaliy mashg‘ulotlarda o‘z mahoratlarini ko‘rsatdilar. “Eng yaxshi yosh mahoratli laborant” yo‘nalishida
14 nafar yosh mutaxassis laborantlar ishtirok etishdi. Qiziqarli va murosasiz kechgan tanlovda hakamlar hay’ati e’lon qilgan natijalariga ko‘ra, uchinchi o‘rinni MKL sexi laboranti Ma’sumaxon Maxmudova, ikkinchi o‘rinni TNB sexi laboranti Muxlisaxon Qobilova va faxrli birinchi o‘rinni MKL sexi laboranti Odinaxon Nishonovalar egallashdi.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech