Ру O`z En

“KEKSALAR HAFTALIGI” DOIRASIDA DAVRA SUHBATI TASHKILLANDI

Mazkur tadbirga korxona rahbariyati, bosh mutaxassislari,  ishchi-xodimlar va mehnat faxriylari taklif etildi.

Tadbir davomida jamiyatimizda uzoq yillar mobaynida o‘zining halol mehnati va fidoiyligi bilan ishlab, hurmat va izzat topgan va bugungi kunda mehnat fahriylari bo‘lgan Abulbakir Artikov, Jonmirza Arifov, Axmed Ibragimovlar  korxona yoshlari bilan suhbat qurdilar. O‘z nutqida faxriylar yoshlarga o‘z bilim va malakalarini ulashib va o‘z hayot va faoliyat kechinmalarini so‘zlab berdilar.  

Davra suhbatidan so‘ng, korxona ma’muriyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tantanali ravishda faxriylarga sovg‘alar topshirdilar. Korxona rahbari barcha “Mehnat fahriylar”ga o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdi.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech