Ру O`z En

“KONSTITUTSIYA – XALQCHIL DAVLAT, BARQAROR TARAQQIYOT VA FAROVON HAYOT ASOSI!” MAVZUSIDA TADBIR O‘TKAZILDI

Joriy yilning 1-dekabr kuni “Farg‘onaazot” AJ majlislar zalida korxonaning tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari hamda ishchi-xodimlar ishtirokida siyosiy va huquqiy savodxonligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoyishi ijrosini ta’minlash, asosiy qonunimizda belgilangan demokratiya, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik g‘oyalari atrofida fuqarolarni jipslashtirish maqsadida tashkil etilgan tadbirga Marg‘ilon shahar Adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsultlari Abdurayimxojiev Islombek, Asamuddinov Iqboljonlar tashrif buyurishdi.

Tadbirni kirish so‘zi bilan huqushunoslik bo‘limi boshlig‘i Maxkamova Nasiba Umarovna ochib berdi. So‘ng so‘zni tashrif buyurgan mehmonlarga berdi. So‘zga chiqgan notiqlar, bosh qomusimiz bo‘lgan Konstitutsiyamizning yaratilish tarixi, xalqaro huquq normalariga mosligi to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berishdi.

         Shuningdek, tadbir ishtirokchilarga yangilangan Konstitutsiyamiz mazmun-mohiyati va “O‘zbekiston — 2030” strategiyasining asosiy ustuvor yo‘nalishlari doirasida belgilangan tub islohotlar to‘g‘risida tushuntirishlar berildi. Ishtirokchilar mutaxassislardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

 

 

“Farg‘onaazot” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech