Ру O`z En

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH – DAVLAT VA JAMIYAT YANGILANISHIDA MUHIM OMIL

Hozirgi kunda mamlakatimizni rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgan illatlardan biri korrupsiyaning tak-tomiri bilan quritish uchun bir talay sa’i harakatlar qilinmoqda va ushbu harakatlar o‘z samarasini bermoqda.

Xususan “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyatida “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tizimli ishlar olib borilmoqda. Korxonada xaridlarni, xizmatlarni shafofligini ta’minlash maqsadida, birja orqali savdo-sotiq ishlari yo‘lga qo‘yildi, korxonaning rasmiy veb saytida korxonada mavjud bo‘sh o‘rinlar  to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylashtirildi.    

 Ishga olishda ochiqlik tamoyillariga amal qilgan holda vakant ish joylariga nomzodlarni test sinovlaridan o‘tkazish orqali saralanib olinmoqda. Manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida har bir tuzilayotgan shartnomalar komplaens-nazorat xizmati tomonidan ekspertizadan o‘tkazilmoqda. Tasdiqlangan o‘quv dasturi va dars jadvaliga asosan “Halollik vaksinasi” tamoyili asosida korxona xodimlarini korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvi va odob-axloq qoidalari bo‘yicha, shuningdek, ularda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ularni huquqiy ongini va madaniyatini yuksaltirish uchun sexlarda komplaens-nazorat xizmati xodimlari G‘.Jabborov va         Sh.Boboevlar tomonidan darslar o‘tkazilmoqda.

 Darslar ochiq va samimiy ruhda o‘tkazilib borilmoqda. Ishchi-xodimlar darslarga qiziqqonlik bilan qatnashib, o‘zlarini barcha savollarga to‘liq javob olishyapti. Bu esa qilinayotgan salmoqli xarakatlar o‘z samarasini beryapti deganidir.  

 

“Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech