Ру O`z En

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH – DAVR TALABI

Korrupsiya – ildizlari davlat xizmatini tashkil etishdagi nuqsonlarga va davlat xizmatchilarining o‘ziga xos psixologiyasiga borib taqaladigan ijtimoiy hodisa. Bu korrupsiyaga qarshi avvalo ma’muriy-huquqiy va tashkiliy-boshqaruv chora-tadbirlari ko‘rilishi zarurligidan darak beradi.

"Farg‘onaazot" aksiyadorlik jamiyatining komplaens nazorat xizmati korxona sex va bo‘limlarida muntazam ravishda "Halollik vaksinasi" tamoyili buyicha "Korrupsiyaga karshi kurash-barchamizning burchimizdir" mavzusida umumiy profilaktik tadbirlar o‘tkazib kelmoqda.

Bunday tadbirlardan biri Ammiak va Soda ishlab chiqarish sexlarida bo‘lib o‘tdi. Unda komplaens nazorat xizmati boshlig‘i G‘afurjon Jabborov xodimlarga pora berish va olish qonunga zid bo‘lgan, jamiyatga yomon ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan biri ekanligini, uning kelib chiqish sabablari,  unga da’vat etadigan masalalar va ularning oqibatlari borasida so‘z yuritdi. Shu o‘rinda, korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida Davlat rahbarimizning bir qator farmonlari bilan tadbir qatnashchilarini tanishtirib o‘tdi.

 

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech