Ру O`z En

KORXONA IMIJINI KO‘TARISH BORASIDA IZCHIL ISHLAR REJALASHTIRILDI

“O‘zkimyosanoat” AJ matbuot xizmati rahbari Rustam Eshbekov jamiyatimizga tashrifi doirasida korxona imijini ko‘tarish borasida seminar trening o‘tkazdi.  

   Seminar-treningda Rustam Eshbekov korxonamiz imijini ko‘tarish, ya’ni, ijtimoiy tarmoqlarda, gazeta va jurnallarga jamiyatimiz to‘g‘risida chiqishlar qilish, xodimlar kiyinish, muomala, o‘zini tutish madaniyati va odobi, ahillik, jamoat tashkilotlarini bir maqsad “korxona imijini ko‘tarish” yo‘lida jipslashishi, birgalikda ish olib borishi to‘g‘risida ko‘rsatmalar berib, prezentatsiya namoyish etdi.

  Treningda jamiyat matbuot xizmati xodimlari, jamoat tashkilоtlari raislari, yoshlar, ma’naviyat va ma’rifat ishlari hamda kasaba uyushmasi sex va boshqarmalar yetakchilari, mutaxassislari ishtirok etdilar. 

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech