Ру O`z En

KORXONA ISHCHI-XODIMLARI O‘RTASIDA “ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O‘YINI O‘TKAZILDI

Xabaringiz bor, mamlakatimizda “Zakovat” intellektual o‘yini ommalashib bormoqda, shu o‘rinda tashkilot muassasalarda ham.  

Bugun, 16-mart kuni, jamiyatning zavodboshqarmasining hovlisida “Zakovat” o‘yini bo‘lib o‘tdi. 27 nafar korxonaning tarkibiy bo‘linmalari jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan o‘yin 2 turda 12 tadan savollar berilgan holda Farg‘ona viloyati “Zakovat” klubi raisi Sheroz Eraliyev tomonidan o‘tkazildi. 

Murosasiz o‘tgan o‘yinda eng yuqori ball bilan birinchi o‘rinni “Mendeleevchilar” jamoasi (Ishlab chiqarish – texnika boshqarmasi) egallab 5 000 000 so‘m, ikkinchi o‘rinni “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi va Metrologiya” jamoasi 3 000 000 so‘m va uchinchi o‘rinni Xodimlar bilan ishlash jamosi qo‘lga kiritib 2 000 000 so‘m pul mablag‘lari va diplomlar bilan taqdirlandilar.     

 

 “Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech